O‘zbekistonda xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, biznesni yuritish va tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortishda bir qancha muammolar mavjud bo‘lib, soliq yukining yuqoriligi, soliq ma’muriyatchiligining shaffof emasligi, soliq solish maqsadida kichik tadbirkorlik sub’ektlarini aniqlash mezonlari optimal belgilanmaganligi, xufiyona iqtisodiyotning mavjudligi, soliq tushumlarini yashirish, soliq bazasi va ob’ektlari kamaytirib ko‘rsatilishi kabi holatlar mavjud bo‘lib, ularni hal etish yo‘llarini ishlab chiqish va amaliy yechimlarini topish muhim ahamiyat kasb etadi