“Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiyot yo‘nalishdagi maqolalari va axborotlarini chop etishga ixtisoslashgan.
“Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil” ilmiy elektron jurnali ochiq jurnal hisoblanadi va undan bepul foydalanish mumkin. Bu istalgan vaqt bepul kirish imkonini beradi va har qanday foydalanuvchi maqolalarning to'liq matnlarini o'qish, yuklab olish, nusxalash, tarqatish, chop etish, qidirish yoki havolalar berish, ularni indekslash uchun skanerlash, dasturiy ta'minotga ma'lumot sifatida uzatish yoki boshqa qonuniy maqsadlarda foydalanish mumkin.
Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida, 1 oyda bir marotaba chiqariladigan nashrdir.
Jurnalning maqsadi talaba (bakalavr va magistrant)lar, doktorantlar, tadqiqotchilar, olimlar va soha mutaxassislari ilmiy salohiyatini sayqallash, ularning diqqatini respublikamiz miqyosidagi ilmiy axborot makonda kechayotgan jarayonlarga jalb etish, shuningdek, iqtisodiyotning turli sohalarida olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar natijalarini ommalashtirishdan iborat.
Jurnalning asosiy faoliyati:
- iqtisodiyot yo‘nalishlarida eng dolzarb innovatsion g‘oyalar, intellektual va texnologik salohiyatni oshirish, soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish muammolari bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etib, keng ommaga yetkazish hamda turli axborot mahsulotlarini chop etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish va ta’minlash, texnika, arxitektura, fizika, matematika, geologiya, qishloq xo‘jaligi, falsafa, geografiya, san’atshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik va islomshunoslikka aloqador bo‘lgan rasmiy hujjat va ilovalarni chop etish;
- ilmiy, amaliy anjumanlar, seminarlar va boshqa shakldagi ilmiy muloqot va munozaraga oid materiallarni nashr etish va tarqatish;
- mamlakat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarining tadbirkorlik hamda tijorat faoliyatini yuritish uchun zarur ma’lumot beruvchi, reklamaga oid va boshqa materiallarni yig‘ish, tahrir qilish, chop etish va tarqatish;
- iqtisodiyot yo‘nalishidagi adabiyotlarga berilgan taqrizlarni chop etish;
- xorijiy mamlakatlar bilan nashr etilgan jurnallarni ayirboshlash va ularga sotish;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday iqtisodiy axborot va ma’lumotlarni jurnalda chop etish ishlari bilan shug‘ullanishdan iborat.
Jurnal 2023-yil tashkil etilgan.
Muassis:
"SHAFI SCIENCE CENTER" mas'uliyati cheklangan jamiyat
Tahririyat manzili:
100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi 49