OʻZBEKISTONDA BYUDJET TASHKILOTLARI UCHUN ELEKTRON DOʻKON ORQALI DAVLAT XARIDLARINI BOSHQARISH SAMARADORLIGI VA IQTISODIY TEJASH IMKONIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss10-pp250-256Annotasiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari uchun davlat xaridlarini elektron doʻkonlar orqali boshqarishning samaradorligini va iqtisodiy afzalliklarini oʻrganishga qaratilgan. Oʻzbekistonda davlat xaridlari jarayonlarini elektronlashtirishning asosiy maqsadlari – korrupsiyani kamaytirish, byudjet mablagʻlaridan tejamkor foydalanish va xarid jarayonining shaffofligini taʼminlashdir. 2021-yil 22-aprelda OʻRQ-684-sonli qabul qilingan “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun hamda 2024-yil 10-iyuldagi PQ-249-sonli “Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va unda kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror orqali davlat xaridlarini elektron doʻkonlar yordamida amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi va iqtisodiy samaradorlikka erishish yoʻlida katta qadamlar qoʻyildi. Davlat xaridlarida elektron doʻkonlarning qoʻllanishi Oʻzbekiston iqtisodiyotida qanday oʻzgarishlarga olib kelgani haqida batafsil tahlil keltiriladi. Bu jarayonda Indoneziya, Qozogʻiston va Estoniya kabi mamlakatlarning tajribalari, shuningdek, ularning elektron xarid tizimlarining Oʻzbekistondagi davlat xaridlarida qoʻllanilishi oʻrganiladi. Ushbu tadqiqot 2022-2024-yillar davomida elektron doʻkonlar orqali amalga oshirilgan davlat xaridlari natijalari asosida olib borilgan boʻlib, davlat mablagʻlaridan samarali foydalanish va tejash imkoniyatlari bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ochib beradi.
Kalit so‘zlar:
Oʻzbekiston davlat xaridlari elektron doʻkonlar iqtisodiy samaradorlik korrupsiyani kamaytirish byudjet tejash xalqaro tajriba elektron xaridlar davlat buyurtmalariBibliografik manbalar
Andreeva L.V. (2009) Zakupki tovarov dlya federalʼnix gosudarstvennix nujd: pravovoe regulirovanie. M.: Volters Kluver, S. 24.
Baktybekov, A., & Zhumashova, Z. (2020). “Electronic Government Procurement (EGP) and Budget Efficiency in Kazakhstan.” Central Asian Economic Review, 2, 140-155.
Frayberg T.V. (2021) Gosudarstvenniy (munitsipalʼnыy) zakaz kak forma organizatsii byudjetnogo finansirovaniya: Dis. kand. ek. nauk: 08.00.10. Irkusk, 2006. S. 66.; Daniel Etse, Adela McMurray, Nuttawuth Muenjohn Comparing sustainable public procurement in the education and health sectors. // Journal of Cleaner Production 279 (2021) 123959
Handoko, V., Nasution, R., & Natasya, S. (2018). “e-Procurementʼs Role in Public Procurement Transparency: The Case of Indonesia.” Journal of Public Procurement, 18(2), 200-215.
Korea Public Procurement Service. (2019). “KONEPS: The Republic of Koreaʼs e-Procurement System.” Government Procurement Annual Report, 27-39.
Qaror (2024) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. “Davlat xaridlari jarayonlarini optimallashtirish va kichik tadbirkorlik subyektlari ishtirokini kengaytirish toʻgʻrisida” PQ-249-sonli qaror. 10-iyul, 2024.
Qonun (2021) Oʻzbekiston Respublikasi. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonun, OʻRQ-684. 22-aprel, 2021.
Vassil, K. (2015). “The Estonian e-Government Success Story: How to Keep Transparency and Efficiency in Public Procurement.” Public Administration Review, 75(4), 521-529.
World Bank. (2017). Digital Government Toolkit: Leveraging e-Procurement for Fiscal Efficiency and Transparency. World Bank Publications.
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.