ALOQA KORXONALARIDA XIZMAT KO‘RSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA KADRLAR SIYOSATI
DOI:
https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss10-pp65-72Annotasiya
Maqolada aloqa korxonalarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish uchun innovatsion texnologiyalar va kadrlar siyosatiga oid tahlillar berilgan. Zamonaviy raqobatbardosh bozorda 5G, IoT, sun’iy intellekt va bulutli servislar kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Bu texnologiyalar mijozlar bilan muomala jarayonlarini avtomatlashtirish, tezkor ma’lumot almashinuvini ta’minlash hamda xavfsizlikni oshirish imkoniyatini yaratadi. Bundan tashqari, yuqori malaka va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega xodimlarni jalb qilish orqali xizmat sifatini yaxshilashga erishiladi.
Maqolada, shuningdek, 5G tarmoqlarini barpo qilish, IoT orqali qurilmalarni monitoring qilish, sun’iy intellekt orqali xizmat jarayonlarini optimallashtirish va bulutli texnologiyalar orqali ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda saqlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Ushbu choralar orqali aloqa korxonalari mijozlar uchun yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab, bozorda o‘z raqobatbardoshligini mustahkamlay olishi to‘g‘risida takliflar bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
aloqa korxonalari xizmat ko‘rsatish samaradorligi innovatsion texnologiyalar kadrlar siyosati 5G texnologiyasi IoT (Internet narsalar) sun’iy intellekt bulutli servisi tizimni modernizatsiya qilish tahlil (ma’lumotlar tahlili) raqobatbardoshlik mijozlar bilan munosabatlar tarmoq xavfsizligi resurslarni optimallashtirishBibliografik manbalar
Blossey, G., Eisenhardt, J., and Hahn, J. (2019). Blockchain Technology in Supply Chain Management: Application Prospects. In: Proceedings of the 52nd Hawaii International Conference on System Sciences, 2019, Grand Wailea, Maui (pp. 6885–6893).
Collin, J., Hiekkanen, K., Korhonen, JJ, Halen, M., Italä, T., & Helenius, M. (2015). Leadership in Transition: The Impact of Digitalization on Finnish Organizations. Science and Technology, 7, 89–102.
Шаисламова М. Р. (2021) Телекоммуникация корхоналарида инновацион фаолиятни ташкил этиш //ЖУРНАЛ ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ. – Т. 4. – №. 9.
Yuklashlar
Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.