VAQT VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH ASOSIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss9-pp209-216

Annotasiya

Mazkur tadqiqot ishida investitsiya loyihalarini boshqarish jarayonida vaqt va samaradorlik omillari qanday baholanayotgani yoritib beriladi. Asosiy e'tibor loyihaning hayotiy sikli davomida samaradorlikni oshirish va loyihaning amalga oshirilish muddatlarini qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlariga qaratilgan. Bu mavzu hozirgi kunda juda dolzarb bo‘lib, loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi va ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun asosiy mezonlardan biri sifatida qaralmoqda. Investitsiya loyihalari bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ko‘pincha resurslarning cheklanganligi va vaqt omili bilan bog‘liq bo‘lib, samarali rejalashtirish va boshqaruv talab etiladi.
Tadqiqotda loyihalarni boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Jumladan, loyihalarning vaqtni tejash imkoniyatlari va rentabelligini oshirish uchun samaradorlik mezonlari tahlil qilingan. Vaqtni boshqarishning loyiha iqtisodiyotiga ta'siri chuqur o‘rganilib, turli loyihalarni amalga oshirishda vaqtni qisqartirish orqali iqtisodiy foyda olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda loyiha boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun zarur bo‘lgan omillar, shu jumladan, moliyaviy resurslarning optimal taqsimoti, ish kuchi va texnologik infratuzilma kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Loyiha boshqaruvida vaqtni to‘g‘ri rejalashtirish va samarali foydalanishning investitsiya jarayoniga ta'siri amaliy misollar yordamida ko‘rsatilgan. Ishda nazariy asoslar bilan bir qatorda, O‘zbekiston va xalqaro tajribaga asoslangan misollar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

investitsiya loyihalari loyiha loyiha boshqaruvi vaqt vaqtni rejalashtirish samaradorlik samaradorlik baholash vaqt boshqaruvi resurslar

Bibliografik manbalar

Abidxadjaev U., Karimov M., Davletov F. (2023) Davlat mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini baholash bo‘yicha qo‘llanma. Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI). –T.: 72 bet.

Burxanov A. (2018) Hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish-milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashning asosiy omili. Biznes-Ekspert, №10. -7-13 bet.

G‘ozibekov D, Nosirov E. (2007) O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy inves-titsiyalarni jalb qilish. Risola. -T.: “Iqtisod-Moliya”. -B.92

Hoshimov J.R. (2022) Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) dissertatsiyasi Avtoreferati. – T.: TMI, –14 b.

Karimov N.G‘. (2007) Iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari. –T.: Fan va texnologiya, -240 b.

Umarov F.U. (2018) Innovatsion-investitsiya faol tadbirkorlikning muhim omili. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral.

Нодирханов У.С. (2011) Приямые иностранные инвестиции в Узбекистане: опыт проблемы, перспективы роста. –Т.: “Fan va texnologiya”, -184 б.

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Xo’jamurodov, A., & Esanboyev, F. (2024). VAQT VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH ASOSIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(9), 209–216. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2024-vol2-iss9-pp209-216