TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA ISTE'MOLCHILAR TADQIQOTINI O‘TKAZISHDA CRM TIZIMLARINING ROLI

Mualliflar

DOI:

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss4-pp50-56

Annotasiya

Jahon iqtisodiyotida biznes va marketing faoliyatini to‘liq raqamlashtirish masalalari ustuvor tendensiyalardan biri sifatida qaralmoqda. Bugungi kunda har bir tadbirkordan iste’molchilarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan marketing tadqiqot jarayonlarini raqamlashtirish hamda ushbu jarayonlarning samaradorligini yanada oshirish uchun CRM tizimidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish talab etiladi. Shu boisdan, ushbu maqolada korxonaning innovatsion marketing faoliyatini samarali tashkil etishda CRM tizimlari orqali marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning ahamiyati va zarurati nazariy ma’lumotlar hamda xorij olimlarining ilmiy ishlari asosida ochib berilgan. Ushbu maqolada tezkor va sifatli marketing tadqiqotlarini tashkil etishda CRM tizimlaridan samarali foydalanish yo‘llari va uni amalga oshirish bo‘yicha muallif tomonidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

marketing tadqiqotlari iste’molchilar tadqiqoti tadbirkorlik

Yuklashlar

Nashr qilingan

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Sharopova, N. (2023). TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA ISTE’MOLCHILAR TADQIQOTINI O‘TKAZISHDA CRM TIZIMLARINING ROLI. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(4), 50–56. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss4-pp50-56