“Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali iqtisodiyot va pedagogika yoʻnalishdagi maqolalar va axborotlarni chop etishga ixtisoslashgan.
Jurnal oʻzbek, rus va ingliz tillarida, 2 oyda bir marotaba chiqariladigan nashrdir.
Jurnalning maqsadi talaba (bakalavr va magistrant)lar, doktorantlar, tadqiqotchilar, olimlar va soha mutaxassislari ilmiy salohiyatini sayqallash, ularning diqqatini respublikamiz miqyosidagi ilmiy axborot makonda kechayotgan jarayonlarga jalb etish, shuningdek, iqtisodiyot va pedagogikaning turli sohalarida olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar natijalarini ommalashtirishdan iborat.
Jurnalning asosiy faoliyati:
- iqtisodiyot va pedagogika yoʻnalishlarida eng dolzarb innovatsion gʻoyalar, intellektual va texnologik salohiyatni oshirish, soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish muammolari boʻyicha ilmiy maqolalar chop etib, keng ommaga yetkazish hamda turli axborot mahsulotlarini chop etish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish va taʼminlash, hamda unga aloqador boʻlgan rasmiy hujjat va ilovalarni chop etish;
- ilmiy, amaliy anjumanlar, seminarlar va boshqa shakldagi ilmiy muloqot va munozaraga oid materiallarni nashr etish va tarqatish;
- mamlakat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlarining tadbirkorlik hamda tijorat faoliyatini yuritish uchun zarur maʼlumot beruvchi, reklamaga oid va boshqa materiallarni yigʻish, tahrir qilish, chop etish va tarqatish;
- iqtisodiyot va pedagogika yoʻnalishidagi adabiyotlarga berilgan taqrizlarni chop etish;
- xorijiy mamlakatlar bilan nashr etilgan jurnallarni ayirboshlash va sotish;
- Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid kelmaydigan har qanday iqtisodiy axborot va maʼlumotlarni jurnalda chop etish ishlari bilan shugʻullanishdan iborat.
Jurnal 2024-yil tashkil etilgan.
Muassis: "SHAFI SCIENCE CENTER" masʼuliyati cheklangan jamiyat
Tahririyat manzili: Toshkent shahri Yunusobod tumani Turkiston MFY 6-mavze 4-uy 12-xonadon